Muallif bu asarni 1928 yil 15 fevradda tugatgan, 1929 yilda u Samarqandda bosilgan. Romanda ikki yosh — Anvar va Ra’noning muhabbati, visoli yo‘lidagi xilma-xil mojarolar qalamga olinadi, shu mojarolar jarayonida asar personajlarining bor bisoti-qismati, xarakteri, ruhiy olami namoyon bo‘ladi.«Mehrobdan chayon» romanidagi «Qo‘rqinch bir jasorat» Anvarning Sultonalini qutqarish uchun Xudoyorxon huzuriga kelishi edi. Bu holat asarda quyidagicha tasvirlangan: «Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan bir oz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak bir yigit va o‘lim sari kulib keluvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi marotaba ko‘rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalargacha zulm itlarini sukutga soldi, ularni ishdan to‘xtatdi».Quyidagi parcha ham «Mehrobdan chayon» romanidan olingan: «Roziya oyim mendan iymangan qiyofada: — Xon qursin, uning olgan xotinlarining hisob-kitobi yo‘q, bolam,— dedi va manimcha juda to‘g‘ri so‘zni aytdi».Asardagi Anvar va Ra’noning she’r aytishuvida Ra’noning quyidagi baytidan so‘ng Anvar «Yengding Ra’no» deb yengilganligini tan oladi: «Muhabbat jomidin no‘sh aylagan ahli zako bo‘lmish, Fununi tibda majnundir kishining kuysa safrosi». «Mehrobdan chayon» romani asosida «Zulmatni tark etib» kinofilmi yaratilgan.